Tuesday, August 24, 2010

"BO'STON"DAN QUVONCH BILAN

"O'zbekiston madaniyati va san'ati forumi" jamg'armasi va Britaniyaning O'zbekistondagi elchixonasi bilan hamkorlikda Chirchiq shahrida "kelajak ovozi"yozgi media o'quv oromgohi tashkil etildi. 200 nafarga yaqin "kelajak press" yoshlar matbuot markazi va "yosh tadbirkorlar maktabi" loyihasi ishtirokchilar 13-21 avgust kunlari bosma matbuot va internet jurnalistikasi, menejment va tadbirkorlikni rivojlantirish kabi yo'nalishlarda 20 ga yaqin mutahassis trenerlardan saboq olishdi.
"sado" guruhining solisti va badiiy rahbari Akbar Atamuhammedov, xonanda Samandar Xamroqulov, jurnalist Bobur Komilov, tadqiqotchi Shirin Akiner, Infocom.uz, Sayyod.com, Shou-shuv.uz saytlari ijodkorlari bilan bo'lgan matbuot anjumanlarida o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob topdilar. Oromgohning ilk kunidanoq bosma matbuot guruhi a'zolari internetda blog yaratib, maqola joylashtirish hamda "bo'ston press" va "mirror of the media camp" nomi ostida o'z nashrlarini chiqarishga kirishib ketdilar.
Londonning Siti universitetida ta'lim berayotgan ikki mutahassis Alex Vood, Markus Gilroy-Veyr, Westminster universitetining Toshkentdagi filiali o'qituvchisi Roan Wachner internet jurnalistikasi bo'yicha o'z bilimlaridan o'rgatishdi. Buning natijasi o'laroq guruh ishtirokchilari hamjihatlikda "mediacamp.notonthewires.com" veb saytini yaratishga muvaffaq bo'ldi.
Dastlab, "Lochin" oromgohida jurnalistika to'g'risidagi dastlabki ma'lumotlarga ega bo'lgan yoshlar "bo'ston" oromgohida bilim olish bilan birga tajriba va malakalarini ham yanada mustahkamlashdi. Oromgohning yopilish marosimi o'zbek estradasining yorqin yulduzlari Akbar, Samandar, Ziyoda, Alim Niyazimbetov va endigina san'at olamiga kirib kelayotgan umidli qo'shiqchi Baxtiyor Raxmonovlar ishtirokida o'ziga xos tarzda o'tdi. Treninglarda o'z bilimlarini oshirgan yoshlarga esa sertifikat va esdalik sovg'alari topshirildi.


Bunyod Xolmurodov,
Surxondaryo viloyati
"Kelajak press" yoshlar matbuot markazi. ("Surxon yoshlari" gazetasi)

No comments:

Post a Comment